O‘zbekiston Barqaror rivojlanish indeksida 62-o‘rinni egalladi

Mamlakat 2024-yilga nisbatan 19 pog‘onaga ko‘tarildi

O‘zbekiston Barqaror rivojlanish indeksida 62-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston 2025-yilgi Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) indeksida 73 ball bilan 62-o‘rinni egalladi. Bu ma’lumot Sustainable Development Solutions Network (SDSN) — Barqaror rivojlanish yechimlari tarmog‘ining tahlilida e’lon qilindi.

Hisobotda BMTga a’zo davlatlarning BRM yo‘nalishlarida erishgan yutuqlari tahlil qilinib, yangilangan reyting e’lon qilingan. Reyting har yili mustaqil tahlil asosida tuziladi va mamlakatlarning barqaror taraqqiyot darajasini baholaydi.

2024-yilga nisbatan O‘zbekiston indeksda 19 pog‘ona yuqorilab, Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa davlatlari orasida eng tez rivojlanayotgan davlat sifatida tilga olindi.

O‘zbekiston bo‘yicha ma’lumotlar: Mamlakat o‘rni: 167 ta davlat orasida 62-o‘rin. 2015-yildan beri ballardagi o‘zgarish: +12.1. Diagrammada O‘zbekistonning 17 ta maqsadning har biri bo‘yicha 0 dan 100 foizgacha bo‘lgan radiuslarga mos keladigan samaradorligi ko‘rsatilgan.

Tahlilga ko‘ra, mamlakat BRM yo‘nalishlarining 45 foizida to‘liq erishgan yoki ularga yaqinlashgan. Aksariyat yo‘nalishlarda ijobiy siljish kuzatilmoqda, biroq energiya ta’minoti, sanoatlashtirish, barqaror iste’mol kabi ayrim maqsadlarda muammolar mavjud. Xususan, 11-maqsad (barqaror shaharlar) va 13-maqsad (iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash) bo‘yicha salbiy tendensiyalar qayd etilgan.

Jahon miqyosida esa umumiy natijalar sust — 17 global maqsaddan hech biri belgilangan jadval bo‘yicha bajarilmayapti va 2030-yilgacha faqat 17 foiz maqsadlarga erishilishi prognoz qilinmoqda. Taraqqiyot sur’atiga iqtisodiy zaiflik, ziddiyatlar va moliyaviy resurslarning cheklangani salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Shunga qaramay, ko‘plab mamlakatlar asosiy xizmatlar va infratuzilma — mobil internet, elektr energiyasi, internetga ulanish, shuningdek 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limini kamaytirish bo‘yicha ancha yutuqlarga erishgan. Ammo sog‘liqni saqlash kabi sohalarda keyingi yillarda taraqqiyot xalqaro moliyaviy oqimlarning qisqarishi va global geosiyosiy tangliklar fonida xavf ostida qolishi mumkinligi qayd etilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun ko‘tarildi
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun ko‘tarildi
Deputatlar Markaziy bank raisiga parlament so‘rovini yubordi
/
Deputatlar Markaziy bank raisiga parlament so‘rovini yubordi
Toshkentda piyodalar xavfsizligi uchun qariyb 7,5 mlrd so‘m ajratiladi
/
Toshkentda piyodalar xavfsizligi uchun qariyb 7,5 mlrd so‘m ajratiladi