O‘zbekiston Airbus Helicopters‘dan Flexrotor dronlarini sotib oladi

Mamlakat Markaziy Osiyoda ushbu texnologiyaning birinchi xaridoriga aylandi

O‘zbekiston Airbus Helicopters‘dan Flexrotor dronlarini sotib oladi

Airbus Helicopters kompaniyasi O‘zbekistonning harbiy va ikkiyoqlama texnikalarni import qilish bilan shug‘ullanuvchi Uztechtrade korxonasi bilan Flexrotor tizimlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Kompaniya ijrochi vitse-prezidenti, Global Business rahbari Olive Mixalon O‘zbekiston Markaziy Osiyoda Flexrotor‘ning birinchi xaridoriga aylanganini aytdi.

Bu tanlov O‘zbekistonning innovatsion texnologiyalarni joriy etishga bo‘lgan intilishini ko‘rsatadi va ekipajli hamda ekipajsiz platformalar bo‘yicha hamkorligimizni yana-da mustahkamlaydi, — dedi u.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Flexrotorni ekipajli va ekipajsiz qurilmalar jamoasining ilg‘or ssenariylarida qo‘llashni rejalashtirmoqda. Bu esa vaziyatni baholash va vazifani samarali bajarish uchun uning faoliyatini ekipajli vertolyotlar bilan uyg‘unlashtirishga imkon beradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2026-yilda O‘zbekistonda kamida 250 ming xodim faoliyati legallashtiriladi
/
2026-yilda O‘zbekistonda kamida 250 ming xodim faoliyati legallashtiriladi
Dollar kursi uch kunlik pasayishdan keyin ko‘tarila boshladi
/
Dollar kursi uch kunlik pasayishdan keyin ko‘tarila boshladi
Yangi tayinlov sababli Soliq qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi
/
Yangi tayinlov sababli Soliq qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi