O’zbekiston ish haqi bo’yicha mamlakatlar reytingida 76-o’rinni egalladi

Mamlakatda o'rtacha oylik ish haqi $438 ni tashkil etdi

O’zbekiston ish haqi bo’yicha mamlakatlar reytingida 76-o’rinni egalladi

O’zbekiston ish haqi darajasi bo’yicha reytingda 98 mamlakatdan 76-o’rinni egallab turibdi. Bu haqda “Numbeo” xabar bermoqda.

Mamlakatda o’rtacha oylik ish haqi $438 ni tashkil etdi. O’zbekiston Ozarbayjon va Braziliya o’rtasida ish haqi mos ravishda $438,43 va $425,31 bo’lgan pozitsiyani egalladi. 

Eng yuqori ish haqi Shveytsariyada qayd etilgan — $7,1 ming. Ikkinchi o’rinda Lyuksemburg — $6 ming. AQSh uchinchi o’rinda — $4,5 ming. Buning ortidan Singapur — $4,4 ming va Qatar — $4,1 ming.

Eng kam ish haqi Misrda va Kubada mos ravishda $145,8 va $37,60 ni tashkil etdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Nvidia” va AMD Xitoyga sun’iy intellekt chiplarini sotishdan tushadigan daromadning 15%ni AQShga berishadi
/
“Nvidia” va AMD Xitoyga sun’iy intellekt chiplarini sotishdan tushadigan daromadning 15%ni AQShga berishadi
Toshkent viloyatidagi “Uch Qahramon” bozorida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
/
Toshkent viloyatidagi “Uch Qahramon” bozorida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston Qozog‘istonga 600 mln kub metr suv yuboradi
/
O‘zbekiston va Qirg‘iziston Qozog‘istonga 600 mln kub metr suv yuboradi