“O‘zbekinvest” va “Agrosug‘urta” dagi davlat ulushlari xalqaro savdolar qo‘yiladi

Shuningdek, o‘nta issiqlik elektr stansiyasini sotish rejalashtirilgan

“O‘zbekinvest” va “Agrosug‘urta” dagi davlat ulushlari xalqaro savdolar qo‘yiladi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Akmalxon Ortiqov IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida chiqish qilar ekan, “O‘zbekinvest” va “Agrosug‘urta” kompaniyalaridagi davlat ulushlari xalqaro savdoga qo‘yilishini ma’lum qildi.

Shuningdek, u yaqin kelajakda davlat tasarrufidagi 29 ta issiqlik elektr stansiyasidan 10 tasini xususiylashtirish rejalashtirilganini aytdi. Ushbu jarayonni xalqaro KPMG maslahat kompaniyasi boshqaradi. Hozirda ular aktivlarni sotish strategiyasini ishlab chiqmoqda va yaqin kunlarda hukumatga o‘z tavsiyalarini taqdim etadi. Shundan so‘ng savdo jarayoni boshlanishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, mehmonxonalar, ko‘chmas mulk agentliklari hamda “O‘zavtosanoat” uchun uskunalar ishlab chiqaruvchi korxonalar ham xususiylashtirish ro‘yxatiga kiritilgan. “UzAuto Motors” va “Power Train” sotuvi doirasida esa “General Motors” bilan tuzilgan shartnomalardagi majburiyatlar qat’iy bajarilishi ta’kidlandi.

Xususiylashtirish jarayonlari xalqaro yuridik maslahatchilar tavsiyalariga muvofiq amalga oshiriladi. Ortiqovning so‘zlariga ko‘ra, 2030-yilga qadar davlat korxonalari soni sezilarli darajada qisqartiriladi.

So‘nggi besh yilda 500 ga yaqin davlat kompaniyalari sotildi, qariyb ikki mingtasi tugatildi, bir qator faoliyat yo‘nalishlari transformatsiya qilindi. Hozirda mamlakatda 2,2 mingdan ortiq davlat korxonalari mavjud, — deya qo‘shimcha qildi Agentlik rahbari.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi