O’zbeklar Janubiy Koreyaga tashrif buyurgan chet elliklar orasida beshinchi o’rinni egalladi
Fuqarolar o'qish yoki amaliyot o'tash maqsadida mamlakatga tashrif buyurishdi

Joriy yilning birinchi yarmida Koreyaga o’qish yoki amaliyot o’tash uchun kelgan chet elliklar soni 204 ming kishiga yetdi, bu o’tgan yilning shu davriga nisbatan 50,6%ga ko’pdir. Bu haqda “Yonhap News” axborot agentligi xabar bermoqda.
Xitoy — 112 ming kishi bilan birinchi o’rinni egalladi, bu umumiy sonning 55,2%ni tashkil etadi. Ikkinchi o’rinda Vetnam — 33 ming kishi bilan, uchinchi o’rinda Yaponiya — 6,9 ming kishi bilan. Undan keyin 6,7 ming kishidan iborat Mo’g’uliston va 5 ming kishidan iborat O’zbekiston.
Mahalliy universitetlar va mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari ham chet ellik talabalarni jalb qilishda juda faol, chunki mahalliy talabalar soni kamayib bormoqda.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ