“O‘zatom” AES qurilishi muddatlari o‘zgarmaganini ma’lum qildi

Agentlik birinchi beton quyish 2026-yil dekabrga ko‘chirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi

“O‘zatom” AES qurilishi muddatlari o‘zgarmaganini ma’lum qildi

“O‘zatom” agentligi atom elektr stansiyasi qurilishi bo‘yicha muddatlar o‘zgargani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, regulyator.uz saytida hujjat loyihasi e’lon qilingach, ayrim ommaviy axborot vositalarida birinchi beton quyish muddati 2026-yil dekabrga ko‘chirilgani haqida ma’lumotlar tarqalgan. Agentlik ushbu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidladi.

“O‘zatom”ga ko‘ra, avval e’lon qilingan barcha muddatlar o‘z kuchida qoladi va hujjatda qurilish bosqichlarini kechiktirish bo‘yicha hech qanday o‘zgarishlar nazarda tutilmagan. Loyihada ko‘rsatilgan sana tayyorgarlik va litsenziyalash jarayonlarining barcha majburiy bosqichlari shu muddatgacha yakunlanishini nazarda tutuvchi konservativ ssenariyni aks ettiradi.

Agentlik milliy qonunchilik talablariga, shuningdek, yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlik bo‘yicha xalqaro standartlarga qat’iy rioya qilgan holda ishlarni izchil davom ettirayotganini bildirdi.

Birinchi beton quyish jarayoni loyihani amalga oshirishdagi muhim bosqichlardan biri bo‘lib, u jamoatchilik uchun ochiq tarzda yoritib boriladi. Mazkur ishlar faqat barcha zarur ruxsatnomalar va vakolatli organlarning roziligi olingandan so‘ng boshlanadi.

“O‘zatom” agentligi loyihani belgilangan va maqbul muddatlarda amalga oshirishni rejalashtirmoqda hamda barcha yo‘nalishlarda jadal ishlarni davom ettirmoqda.

Shuningdek, agentlik jamoatchilikni loyiha doirasidagi muhim bosqichlar haqida o‘z vaqtida xabardor qilib borishini va zarur hollarda qo‘shimcha ma’lumot berishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda pullik avtoturargohlar tarmog‘i kengaytiriladi
/
Toshkentda pullik avtoturargohlar tarmog‘i kengaytiriladi
Toshkentda yo‘l to‘siqlari o‘rnatilishi vaqtinchalik tajriba sifatida baholandi
/
Toshkentda yo‘l to‘siqlari o‘rnatilishi vaqtinchalik tajriba sifatida baholandi
O‘zbekistonda aliment to‘lovchilar uchun xorijda ishlashga chiqish tartibi soddalashtirilishi mumkin
/
O‘zbekistonda aliment to‘lovchilar uchun xorijda ishlashga chiqish tartibi soddalashtirilishi mumkin