O’zbekiston va Ozarbayjon parvozlar sonini oshirishni rejalashtirmoqda

Shuningdek, mamlakatlar yer usti va havo transporti tartib-taomillarini soddalashtirish va raqamli yechimlarni joriy etish niyatida

O’zbekiston va Ozarbayjon parvozlar sonini oshirishni rejalashtirmoqda

O’zbekiston va Ozarbayjon parvozlar chastotasini oshirishni, yer usti va havo transporti tartib-taomillarini soddalashtirishni va raqamli yechimlarni joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

2025 yil uchun mintaqalararo kooperatsiyaning maxsus rejasini, ikki mamlakat mintaqalarining sanoat salohiyati va infratuzilmasini rivojlantirish bo’yicha sheriklik dasturini qabul qilish to’g’risida kelishuvga erishildi. 

Shuningdek, uchrashuvda o’zaro turizm oqimi, gumanitar va biznes almashinuvlarini oshirish maqsadida poytaxtlarda turizm-biznes komplekslarini tashkil etish istiqbollari ko’rib chiqildi. 

Uchrashuv yakunida erishilgan kelishuvlarni o’z vaqtida va sifatli bajarish uchun “yo’l xaritasi”ni tasdiqlash to’g’risida qaror qabul qilindi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Centrum Air” Novosibirsk va Namangan yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi
/
“Centrum Air” Novosibirsk va Namangan yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi
O‘zbekistonda jarima ballarini onlayn tekshirish imkoni yaratildi
/
O‘zbekistonda jarima ballarini onlayn tekshirish imkoni yaratildi