3.7.2025 | 11:08
2030-yilga qadar O‘zbekiston-Ozarbayjon o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi $1 mlrdga yetkaziladi
Bundan tashqari, 8 yo‘nalishda ikki tomonlama hujjatlar imzolandi

Фото: Пресс-служба президента
2-iyul kuni Boku shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi qarorini qabul qilishdi.
Davlat rahbarlari huzurida qator ikki tomonlama hujjatlar almashildi. Shu jumladan:
- Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani 2025-2029-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”;
- Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
- Fan, kasb-hunar va oliy ta’lim sohalarida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
- 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan sanoat kooperatsiyasi dasturi;
- 2030-yilga qadar tovar ayirboshlashni $1 mlrdga yetkazish dasturi;
- 2025-2027-yillarda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasi;
- 2025-2027-yillarda ijtimoiy himoya sohasida hamkorlik bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;
- Kemachilik va kemasozlik sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
- Toshkent viloyati va Sumgait shahri, Navoiy va Gabala shaharlari o‘rtasida birodarlik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi kelishuvlar.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ