9.9.2024 | 18:12
O’zbekistonda o’z-o’zini band qilganlar soni qariyb 4 mlnga yetdi
Eng yuqori o'sish ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohasida qayd etildi
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
Joriy yilning 1-sentabr holatiga ko’ra, ro’yxatdan o’tgan o’z-o’zini band qilganlar soni 3,9 million kishiga yetdi, bu o’tgan yilning shu davriga nisbatan 97,8% (1,9 million)ga ko’p. Bu haqda soliq qo’mitasi xabar beradi.
Eng yuqori o’sish sur’atlarini ko’rsatgan sohalarga quyidagilar kiradi:
- maishiy xizmatlar — 150,8% (984,1 ming);
- ishlab chiqarish sektori va xizmat ko’rsatish — 137,3% (212 ming);
- axborot-kommunikatsiya xizmatlari — 116,3%ga (54,1 ming).
Eslatib o’tamiz, 1 iyun kuni o’z-o’zini ish bilan band qilganlar soni 3,2 milliondan oshdi, bu o’tgan yilning shu davriga nisbatan 118,2%ga ko’pdir.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ