Xitoy SHHT davlatlarini oy stansiyasini qurishda ishtirok etishga taklif qildi

Xitoy va Rossiyaning qo‘shma loyihasi 2031–2035 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, unga allaqachon Venesuela, Janubiy Afrika Respublikasi va boshqa davlatlar qo‘shilgan

Xitoy SHHT davlatlarini oy stansiyasini qurishda ishtirok etishga taklif qildi

Xitoy Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlarni xalqaro oy stansiyasini qurish bo‘yicha qo‘shma loyihaga qo‘shilishga taklif qildi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin SHHT davlat rahbarlari kengashining 25-yig‘ilishida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda RBK.

Xitoy rahbarining ta’kidlashicha, mamlakat barcha tomonlarning “Beydou” sun’iy yo‘ldosh navigatsiya tizimidan foydalanishini ma’qullaydi va SHHTga a’zo davlatlarni, zarur sharoitga ega bo‘lsa, Xalqaro ilmiy-tadqiqot oy stansiyasi qurilishida ishtirok etishga chorlaydi.

Mazkur loyiha Xitoy va Rossiyaning qo‘shma tashabbusi bo‘lib, uning asosiy ishtirokchilari “Roskosmos” va Xitoy Milliy Kosmik Ma’muriyati hisoblanadi. Stansiya qurilishi 2031–2035 yillarga mo‘ljallangan. 2023 yilda Venesuela, Janubiy Afrika Respublikasi, Ozarbayjon, Pokiston, Belarus va Misr ushbu loyihaga qo‘shilgan edi.

Xitoy Boshqariladigan kosmik parvozlar dasturi boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy 2030 yilgacha taykonavtlarni birinchi marta Oyga tushirishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq Rossiya va Xitoy MNLStashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi. Ushbu kelishuv “Roskosmos” rahbari Dmitriy Rogozin va Xitoy Milliy Kosmik Ma’muriyati direktori Chjan Keszyan tomonidan imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumi shaklida rasmiylashtirilgan.

Kelishuvga ko‘ra, tomonlar barcha qiziqqan davlatlar va xalqaro hamkorlar uchun ochiq bo‘lgan Xalqaro ilmiy oy stantsiyasi tuzish bo‘yicha birgalikda ishlashga kelishib olgan. Hamkorlik loyihaning barcha bosqichlarini — rejalashtirish va loyihalashdan tortib, amalga oshirish va ekspluatatsiyagacha bo‘lgan jarayonlarni qamrab oladi.

E’tiborlisi, ushbu qaror “Roskosmos” AQShning oy dasturiga qo‘shilishni rad etganidan keyin qabul qilingan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Endilikda dam olmay avtomobil boshqargan havdovchilarga jarima qo‘llanilishi mumkin
/
Endilikda dam olmay avtomobil boshqargan havdovchilarga jarima qo‘llanilishi mumkin
Raqobat qo‘mitasi davlat tili yo‘qligi haqidagi shikoyat tufayli “VFS Global” ni tekshirishni boshladi
/
Raqobat qo‘mitasi davlat tili yo‘qligi haqidagi shikoyat tufayli “VFS Global” ni tekshirishni boshladi
Toshkent viloyatida “O‘zenergokabel”ga tegishli binolar auksionga qo‘yildi
/
Toshkent viloyatida “O‘zenergokabel”ga tegishli binolar auksionga qo‘yildi