OTB O‘zbekistonga mikromoliyalashtirishni rivojlantirish uchun $300 mln ajratadi

Kreditning $100 mlnlik imtiyozli qismi kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi

OTB O‘zbekistonga mikromoliyalashtirishni rivojlantirish uchun $300 mln ajratadi

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekistonda moliyalashtirish imkoniyatlarini, jumladan, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash maqsadida $300 mlnlik kredit ajratishni ma’qulladi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.

Ajratiladigan mablag‘dan $100 mln imtiyozli shartlarda taqdim etiladi. Ushbu mablag‘ mikro, kichik va o‘rta korxonalar (MKOK), ayniqsa ayollar boshqarayotgan bizneslar uchun moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirish, shuningdek, mikromoliyalashtirish sohasini mustahkamlashga qaratilgan. Kredit siyosat choralariga asoslanadi va inklyuziv iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishni maqsad qiladi.

Bu tashabbus “2-subdastur” doirasida amalga oshiriladi va birinchi bosqichda boshlangan islohotlarni chuqurlashtiradi. Unga quyidagi choralar kiradi:

  • mikrokreditlarning maksimal miqdorini oshirish;
  • sohadagi me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish;
  • ayollar tadbirkorligini moliyalashtirish bo‘yicha xalqaro kodeksga qo‘shilish;
  • islomiy mikromoliyalashtirish uchun tartibga soluvchi asoslarni ishlab chiqish.

OTBning O‘zbekistondagi doimiy vakolatxonasi direktori Kanokpan Lao-Araya ta’kidlashicha, bank mamlakatning inklyuziv va bozor tamoyillariga asoslangan moliyaviy tizimga o‘tishini qo‘llab-quvvatlaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, dastur o‘zini o‘zi band qilgan va mikrobiznes bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarning moliyaviy resurslarga kirish imkonini kengaytiradi, gender tenglikni rivojlantiradi va iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni kuchaytiradi.

2-subdastur, shuningdek, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va gender tenglikni targ‘ib etish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Asosiy tashabbuslar quyidagilardan iborat:

  • mas’uliyatli kreditlash bo‘yicha qo‘llanmalarni yangilash;
  • yangi moliyaviy mahsulotlarni (masalan, “hozir sotib ol, keyin to‘la”) tartibga solish;
  • raqamli moliyaviy nazoratni kuchaytirish.

Dastur, shuningdek, gender tenglik siyosatini qo‘llab-quvvatlash va jinsiy belgilarga ko‘ra ma’lumotlarni ajratib beruvchi hisobot tizimini joriy etish orqali bu yo‘nalishdagi islohotlarni kengaytiradi.

Loyiha doirasida 2021–2023-yillardagi Milliy moliyaviy inklyuziya strategiyasi (MMIS) baholandi. Tadqiqot natijasiga ko‘ra, mamlakatdagi kattalar aholining 60%i rasmiy moliya muassasalarida hisob raqamlariga ega, bu ko‘rsatkich asosan raqamli xizmatlar rivojlanishi hisobiga o‘sgan.

Dasturdagi muhim jihatlardan biri — mikromoliyaviy banklar tashkil etish orqali tarmoqni strukturaviy o‘zgartirishni qo‘llab-quvvatlashdir. Bu maqsadda zarur me’yoriy-huquqiy va nazorat bazasi joriy etilmoqda. Hozirga qadar shunday banklarni tashkil etish uchun ikki ta dastlabki litsenziya berilgan.

 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Saida Mirziyoyeva Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi hamraisi etib tayinlandi
/
Saida Mirziyoyeva Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi hamraisi etib tayinlandi
Yangi Toshkentda $100 mlnlik futbol stadioni qurilishi boshlandi
/
Yangi Toshkentda $100 mlnlik futbol stadioni qurilishi boshlandi
Ozonning O‘zbekistondagi savdo hajmi 5 baravar oshdi
/
Ozonning O‘zbekistondagi savdo hajmi 5 baravar oshdi