Toshkent shahrida bir nechta o‘quv markazi jarimaga tortildi
Natijada, 1,2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ iste’molchilar hisobiga hal qilindi
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
Raqobat qo‘mitasiga nodavlat ta’lim xizmatlari bo‘yicha 500 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan. Bu haqida qo‘mita o‘z rasmiy sahifasida ma’lum qildi.
Ularning aksariyati Toshkent shahridagi subyektlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Xususan, “NEWTON ACADEMY KZ”, “MERIT SCHOOL”, “MyTeacher” (“MYTEACHER GROUP”) platformasi, “MY MED ACADEMY” faoliyati yuzasidan eng ko‘p shikoyatlar tushgan.
Shikoyatlarda ta’lim sifati pastligi, o‘qituvchilar malakasizligi, sharoitlarning yaroqsizligi, intizom va shartnomalarning yo‘qligi kabi muammolar qayd etilmoqda.
Qo‘mitaning ma’lum qilishicha, bazi ta’lim muassasalari “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunga zid, chalg‘ituvchi, noaniq va zarar yetkazuvchi reklamalarga yo‘l qo‘ygan.
Qo‘mita tomonidan murojaatlarni o‘rganib chiqish natijasida iste’molchilar foydasiga jami 1,2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlangan.
Shuningdek, litsenziya talablari va soliq qonunchiligini buzgan, sanitariya qoidalariga mos o‘quv sharoitlarini yaratmagan holatlar bo‘yicha 50 ga yaqin hujjatlar tegishli chora ko‘rish uchun vakolatli organlarga yuborilgan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ