“OpenAI” GPT-5 neyron tarmog‘ining yangi versiyasini chiqardi

Yangi versiya oldingi modellarning kuchli tomonlarini birlashtirgan

“OpenAI” GPT-5 neyron tarmog‘ining yangi versiyasini chiqardi

“OpenAI” tomonidan ChatGPT suhbat boti uchun ishlab chiqilgan GPT-5 sun’iy intellekt modeli endi barcha foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘ldi.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, yangi versiya avvalgi modellarning afzalliklarini mujassam etgan bo‘lib, tadqiqot, tahlil, dasturlash va turli vazifalarni hal etishda qo‘llanishi mumkin. Tizim savolning murakkabligiga qarab mos ish rejimini tanlaydi: oddiy so‘rovlarga tezkor javob beradi, murakkab mavzular uchun esa chuqur tahlil o‘tkazadi.

Dasturlash sohasida GPT-5 dizayn tafsilotlariga e’tibor qaratgan holda veb-sayt, ilova va o‘yinlar yaratish hamda nosozliklarni bartaraf etish qobiliyatini oshirdi. Yozma nutqda qoralamalarni mantiqiy bog‘langan matnga aylantirish va murakkab tuzilmalar bilan ishlash samaradorligini kuchaytirdi. Tibbiy yo‘nalishda aniqroq tahlil olib boradi, tafsilotlarni faol aniqlaydi va javoblarni foydalanuvchiga moslashtiradi, biroq shifokorni to‘liq almashtirmasdan, yordamchi vazifasini bajaradi.

GPT-5 ning barcha yo‘nalishlarda sezilarli darajada aqlliroq bo‘lgani akademik testlar va mutaxassislar ishtirokidagi sinovlarda tasdiqlandi. Ayniqsa, matematika, dasturlash, vizual idrok va tibbiyot sohalarida kuchli rivojlanish kuzatildi. Model AIME 2025 matematika testida (qo‘shimcha vositalarsiz) 94,6%, SWE-bench Verified’da 74,9%, Aider Polyglot dasturlash topshiriqlarida 88%, MMMU ko‘p modallik testida 84,2% va HealthBench Hard tibbiy testida 46,2% natija ko‘rsatdi.

Pro versiyada kengaytirilgan tahlil imkoniyatlari mavjud bo‘lib, GPT-5 hech qanday yordamchi vositasiz GPQA testida 88,4% natijaga erishdi. Model ko‘p bosqichli vazifalarni yaxshiroq bajaradi, ko‘rsatmalarga aniq amal qiladi, bir nechta vositalar bilan ishlay oladi va o‘zgaruvchan sharoitlarga moslasha oladi.

Ko‘p modallikni talab qiluvchi tasvir, video, fazoviy va ilmiy ma’lumotlar tahlilida ham yuqori ko‘rsatkichlar qayd etildi. Bu imkoniyatlar GPT-5 ga grafiklarni aniqroq talqin qilish, taqdimot fotosuratlarini umumlashtirish va sxemalar bo‘yicha savollarga javob berish imkonini beradi.

Ichki sinovlar GPT-5 ning murakkab va iqtisodiy jihatdan qimmatli vazifalarni hal qilishda avvalgi versiyalardan ustunligini ko‘rsatdi. Ko‘p hollarda natijalari ekspert darajasiga teng yoki undan yuqori bo‘lib, ayrim yo‘nalishlarda “o3” va ChatGPT Agent modellaridan ham yaxshi ko‘rsatkich berdi.

GPT-5 hisoblash resurslaridan samaraliroq foydalanadi: hatto chuqur tahlilda ham “OpenAI o3” ga qaraganda tezroq yechim topadi va vizual tahlil, dasturlash hamda ilmiy masalalarda yuqori aniqlikni saqlagan holda 50–80% kamroq chiqish tokenlari sarflaydi.

Bundan tashqari, GPT-5 avvalgi modellarga nisbatan to‘qima faktlarni kamroq keltiradi. ChatGPT’ga bo‘lgan real so‘rovlar oqimi asosida o‘tkazilgan veb-qidiruv va anonim testlarda GPT-5 javoblarida faktik xato ehtimoli GPT-4o ga qaraganda taxminan 45% past bo‘ldi. “Fikrlash” rejimi yoqilganda esa xatolar soni “OpenAI o3” bilan solishtirganda qariyb 80% ga kamaydi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun ko‘tarilmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun ko‘tarilmoqda
“TBC Uzbekistan” ning sof foydasi yarim yil ichida 30% ga o‘sdi
/
“TBC Uzbekistan” ning sof foydasi yarim yil ichida 30% ga o‘sdi
Janubiy Koreyaning “KDHC” kompaniyasi Yangi Toshkent isitish tizimi uchun texnologiyalar taqdim etadi
/
Janubiy Koreyaning “KDHC” kompaniyasi Yangi Toshkent isitish tizimi uchun texnologiyalar taqdim etadi