OpenAI Amazon kompaniyasi bilan $38 mlrdlik bitim imzoladi
Bitim yetti yilga mo‘ljallangan bo‘lib, kompaniyaga Nvidia chiplarini AWS infratuzilmasidan foydalanish imkonini beradi
Foto: AFP
Amazon Web Services (AWS) va OpenAI $38 mlrdlik bitim imzoladi. Ushbu hamkorlik OpenAI kompaniyasiga Nvidia ishlab chiqargan chiplar va AWS infratuzilmasidan foydalanish imkonini beradi. Bitim yetti yil muddatga mo‘ljallangan.
Amazon Web Services bosh direktori Mett Garmanning so‘zlariga ko‘ra, AWS’ning ilg‘or infratuzilmasi OpenAI’ning sun’iy intellekt sohasidagi ambitsiyalarini amalga oshirishda asosiy rol o‘ynaydi.
Bloomberg xabariga ko‘ra, OpenAI hozirda sun’iy intellekt sohasining yetakchilaridan biri bo‘lib, butun texnologiya tarmog‘iga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. Kompaniya o‘zining sun’iy intellekt modellari uchun infratuzilmani rivojlantirishga $1,4 trln sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ