O’zbekiston va OPEC jamg’armasi $500 mlnlik shartnoma imzoladi
Mablag'lar respublikaning barqaror rivojlanishiga ko'maklashuvchi loyihalarga yo'naltiriladi

Фото: ОПЕК
O’zbekiston va OPEC xalqaro taraqqiyot jamg’armasi (neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti) 2024-2029 yillarga mo’ljallangan ramka bitimini tuzdi. Bu haqda fond matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu bitim doirasida jamg’arma O’zbekistonda barqaror rivojlanish dasturini qo’llab-quvvatlash uchun $500 mln ajratadi.
Eslatib o’tamiz, jamg’arma O’zbekistonda maktabgacha ta’lim sohasidagi loyiha uchun $20 mln ajratadi. Mamlakat bo’ylab qariyb 30 ming bolani qabul qila oladigan 200 ta maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish rejalashtirilgan. Loyiha, shuningdek, Islom taraqqiyot banki va xususiy homiylar tomonidan moliyalashtiriladi.
Jamg’arma prezidenti Abdulhamid Al-Xalifa zamonaviy maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish kelajakdagi iqtisodiy o’sish va inson salohiyatini oshirishda muhim rol o’ynashini ta’kidladi. Shuningdek, u OPEC jamg’armasi 2030 yilga kelib o’rtacha daromaddan yuqori bo’lgan davlat bo’lishga intilayotgan hukumatning sa’y-harakatlarini qo’llab-quvvatlashdan xursand ekanligini qo’shimcha qildi.
Bugungi kunda OPEC jamg’armasi O’zbekistondagi 30 ga yaqin loyihalarni qo’llab-quvvatlash uchun $760 mln miqdorida kreditlar ajratdi. Moliyalashtirish ham davlat, ham xususiy sektorlarga yo’naltirilgan. Ushbu mablag’larning taxminan uchdan bir qismi suv ta’minoti va sanitariya sharoitlarini yaxshilashga sarflandi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ