Omonatchilarning banklardagi mablag‘lari 200 mln so‘mgacha to‘liq himoya qilinadi
Bunda Omonatlarni kafolatlash agentligi mijozlarga kompensatsiya to‘lab beradi

Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
Oliy Majlis Senatining uchinchi yalpi majlisida “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.
Qonunga ko‘ra, kafolatlash hodisasi ro‘y berganda Omonatlarni kafolatlash agentligi tomonidan bir omonatchiga har bir bankda kafolatlash obyektining qoldig‘i 200 mln so‘m miqdorida yoki undan kam bo‘lsa to‘liq hajmda kompensatsiya to‘lanishi belgilab qo‘yilmoqda.
Bank tugatilganda omonatchilarga Omonatlarni kafolatlash agentligi tomonidan kompensatsiya to‘lovini amalga oshirish davri bosqichma-bosqich 7 ish kunigacha qisqartirilishi nazarda tutilmoqda. Jumladan, bank tugatilganda kompensatsiya to‘lovi 2025-yil 1-yanvardan boshlab 20 ish kuni, 2026-yil 1-yanvardan 15 ish kuni, 2027-yil 1-yanvardan 7 ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Kompensatsiya to‘lash va omonatlarni himoya qilish ishlari Omonatlarni kafolatlash agentligi tomonidan tashkil etiladi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ