O‘zbekistonda oltin quymalari rekordni qayta yangiladi

5 grammlik qimmatbaho metall narxi 8,4 mln so‘mdan oshdi

O‘zbekistonda oltin quymalari rekordni qayta yangiladi

O‘zbekistonda 5 grammli oltin quyma narxi birinchi marta 8,4 mln so‘mdan oshdi.

2025-yil 15-oktabr holatiga ko‘ra, Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan oltin quymasining bir gramm narxi 1,6 mln so‘mni tashkil qildi.

Quymalar narxi quyidagicha belgilandi:

  • 5 gramm — 8,4 mln so‘m;
  • 10 gramm — 16,8 mln so‘m;
  • 20 gramm — 33,6 mln so‘m;
  • 50 gramm — 84,1 mln so‘m;
  • 100 gramm — 168,3 mln so‘m.

O‘zbekistonda oltin quymalar narxi 2025-yil boshidan buyon 42-marta rekordni yangiladi. Jahon bozorida oltinning birja narxi tarixiy maksimumni yangilab, bir troya unsiyasi uchun $4,2 mingga yetdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Apple narxi $599 bo‘lgan MacBook Neo’ni taqdim etdi
/
Apple narxi $599 bo‘lgan MacBook Neo’ni taqdim etdi
O‘zbekistonda metan zapravkalari faoliyati vaqtincha cheklandi
/
O‘zbekistonda metan zapravkalari faoliyati vaqtincha cheklandi
“Toshkent” respublika fond birjasining daromadi 2025-yilda 43,1%ga oshdi
/
“Toshkent” respublika fond birjasining daromadi 2025-yilda 43,1%ga oshdi