O‘zbekistonda “oltin viza” narxi  $250 ming etib belgilandi

Ruxsatnoma 5 yil muddatga ariza beruvchining har bir oila a’zosiga $150 ming evaziga beriladi

O‘zbekistonda “oltin viza” narxi  $250 ming etib belgilandi

O‘zbekistonda “oltin viza” olish uchun eng kam investitsiya miqdori $250 mingni tashkil etadi. Bu haqda Lex.uz saytida ma’lum qilindi.

Xorijlikning oila a’zolari (ota-onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandlari) uchun “oltin viza” ni rasmiylashtirish narxi $150 mingni tashkil etadi. Hujjat 1-iyundan boshlab 5 yil muddatga tezlashtirilgan tartibda beriladi.

Shunisi e’tiborga loyiqki, Adliya vazirligining 19-apreldagi xabarida dastlab boshqa raqamlar keltirilgan edi. Xususan, asosiy arizachi uchun $200 ming va uning oila a’zolari uchun $100 ming. Ammo 24-aprel kuni hech qanday rasmiy tushuntirishsiz Telegram’dagi post yangilandi va yangi miqdorlar bilan almashtirildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi