Markaziy bankning oltin-valyuta zaxirasi $41,5 mlrdni tashkil etdi

Noyabr oyida zaxiralar$1,67 mlrdga qisqardi

Markaziy bankning oltin-valyuta zaxirasi $41,5 mlrdni tashkil etdi

Noyabr oyida O‘zbekiston Markaziy bankining oltin-valyuta zaxiralari $1,67 mlrdga qisqardi va $41,5 mlrdni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy Bank rasmiy sahifasida xabar qildi.

Xususan, chet el valyutasidagi zaxiralar $9,2 mlrddan $8,2 mlrdga kamaydi. Oktabr oyida esa zaxira qiymati $8,7 mlrddan $9,2 mlrdgacha oshgan edi.

Oltinning fizik hajmi 12 mlndan 12,3 mln troya unsiyasiga ko’paydi. Shunga qaramay, regulyatorning oltin zaxiralari qiymati $33,4 mlrddan $32,7 mlrdgacha pasaydi.

O‘zbekiston Markaziy bankining oltin-valyuta zaxiralari oylar kesimida quyidagicha:

  • Mart — $32,2 mlrd
  • Aprel — $34,2 mlrd
  • May — $35,1 mlrd
  • Iyun— $36,6 mlrd
  • Iyul— $36,3 mlrd
  • Avgust— $37,4 mlrd
  • Sentyabr— $39,1 mlrd
  • Oktyabr— $41,1 mlrd
  • Noyabr— $43,1 mlrdni tashkil etgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Deputatlar O‘zbekistonda islomiy banklar joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi
/
Deputatlar O‘zbekistonda islomiy banklar joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi
2026-yildan IT-Park kompaniyalari $500 minggacha xorijiy xizmatlarga to‘lov qilishi mumkin
/
2026-yildan IT-Park kompaniyalari $500 minggacha xorijiy xizmatlarga to‘lov qilishi mumkin
FIFA 2026-yilgi Jahon chempionati uchun $355 mln ajratadi
/
FIFA 2026-yilgi Jahon chempionati uchun $355 mln ajratadi