O‘zbekistonda 5 grammlik oltin quyma narxi 6,2 mln so‘mga yetdi

Qolgan quyma narxlari ham rekord darajada ko‘tarildi

O‘zbekistonda 5 grammlik oltin quyma narxi 6,2 mln so‘mga yetdi

11-fevral holatiga ko‘ra, og‘irligi 5 gramm bo‘lgan oltin quyma narxi birinchi marta 6,2 mln so‘mga yetdi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.

Shuningdek, og‘irligi 10 va 20 gramm bo‘lgan quymalar ham qimmatlashib, mos ravishda 12,4 mln va 24,9 mln so‘mni tashkil etdi.

Qiymatning oshishi og‘irroq quymalarda ham sezildi: 50 grammlik quymalar 62,3 mln so‘mdan, 100 grammlik quymalar esa 124,6 mln so‘mdan sotilmoqda.

Bundan tashqari, dunyo miqyosida oltin narxi ham rekord darajasini yangiladi. Nyu-Yorkdagi tovar birjasida uning bir untsiyasi $2 950 dan oshgani qayd etildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Hyundai Rotem” poyezdlarida birinchi qatnov 2026-yilning mart oyida yo‘lga qo‘yiladi
/
“Hyundai Rotem” poyezdlarida birinchi qatnov 2026-yilning mart oyida yo‘lga qo‘yiladi
Markaziy bankning mamlakatdagi vazifalari kengaytirildi
/
Markaziy bankning mamlakatdagi vazifalari kengaytirildi
O‘zbekiston Markaziy banki raisi AFI direktorlar kengashi raisining o‘rinbosari etib saylandi
/
O‘zbekiston Markaziy banki raisi AFI direktorlar kengashi raisining o‘rinbosari etib saylandi