Oltin quymalarini mobil ilova orqali sotishga ruxsat berildi

Yangi nizom banklarga oltinni mobil ilova orqali sotish va qayta sotib olish imkonini beradi

Oltin quymalarini mobil ilova orqali sotishga ruxsat berildi

“Banklar tomonidan qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Nizom banklar, shu jumladan, mikromoliya banklari tomonidan qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.

Qimmatbaho metallar bilan bog‘liq quyidagi operatsiyalar amalga oshiriladi:

  • mijozlar tomonidan o‘lchovli oltin quymalarni bankning mobil ilovasi orqali sotib olish va qaytarib sotish;
  • banklar tomonidan o‘lchovli oltin quymalarni Markaziy bankdan sotib olish orqali sotish va qaytarib sotib olish;
  • banklar tomonidan qimmatbaho metallarni elektron (jismoniy bo‘lmagan) ko‘rinishda sotish va qaytarib sotib olish.

Bank va mijoz o‘rtasida o‘lchovli oltin quymalarni sotish va qaytarib sotib olish bankning mobil ilovasida oferta shartnomasini tasdiqlash orqali amalga oshiriladi.

To‘lov muvaffaqiyatli o‘tganidan so‘ng bankning mobil ilovasida mijoz tomonidan sotib olingan oltin quymaning “maxfiy kod”i aks ettiriladi.

Mijoz sotib olingan o‘lchovli oltin quymalarni bankdan olish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat hamda bankning mobil ilovasi orqali kelgan “maxfiy kod”ni taqdim etadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

UzAuto Motors va yirik davlat kompaniyalari xususiylashtirishga tayyorlanmoqda
/
UzAuto Motors va yirik davlat kompaniyalari xususiylashtirishga tayyorlanmoqda
Vashingtonda Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik kengashi ish boshladi
/
Vashingtonda Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik kengashi ish boshladi
Oʻzbekistonda yana 6 turdagi hisobotlar avtomatlashtiriladi
/
Oʻzbekistonda yana 6 turdagi hisobotlar avtomatlashtiriladi