O‘zbekistonda 5 grammlik oltin quyma narxi 11 mln so‘mga yaqinlashdi

Bir gramm oltin 2,17 mln so‘mdan oshdi, jahon bozorida esa unsiya $5559 ga yetdi

O‘zbekistonda 5 grammlik oltin quyma narxi 11 mln so‘mga yaqinlashdi

29-yanvar, dushanba kuni O‘zbekistonda 5 grammlik oltin quyma narxi ilk bor qariyb 11 mln so‘mga yaqinlashdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan.

Bir gramm oltin narxi 5,5% dan ortiq oshib, 2 mln 172 ming 780 so‘mni tashkil etdi. 5 grammlik quyma esa 10 mln 864 ming so‘mga baholanib, avvalgi ko‘rsatkichdan 573 ming so‘mga qimmatlashdi.

26-yanvar kuni 5 grammlik oltin quyma narxi ilk bor 10 mln so‘mlik psixologik chegaradan oshgan edi. Yil boshidan buyon qimmatbaho metall narxi 25,5% ga, so‘nggi 12 oy ichida esa deyarli 84% ga oshdi.

Oltin quymalarning sotuv va qayta sotib olish narxlari (29-yanvar holatiga):

Og‘irligi Sotish narxi Qayta sotib olish (qadog‘i but) Qayta sotib olish (qadoq buzilgan)
5 gramm 10 864 000 so‘m 10 243 000 so‘m 10 140 000 so‘m
10 gramm 21 728 000 so‘m 20 486 000 so‘m 20 279 000 so‘m
20 gramm 43 456 000 so‘m 40 972 000 so‘m 40 558 000 so‘m
50 gramm 108 639 000 so‘m 102 431 000 so‘m 101 396 000 so‘m
100 gramm 217 278 000 so‘m 204 862 000 so‘m 202 792 000 so‘m

Jahon bozorida ham oltin narxi yangi rekordni qayd etdi. Bir troya unsiyasi $5559 ga, bir gramm oltin esa $178,73 ga yetdi. Kun davomida oltin narxi 9,3% ga, yil davomida esa 80% dan ortiq oshdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Orient Group Management’da aksiyadorlar tarkibi o‘zgardi
/
Orient Group Management’da aksiyadorlar tarkibi o‘zgardi
2025-yilda O‘zbekistonda import yuk tashish buyurtmalari 21% ga oshdi
/
2025-yilda O‘zbekistonda import yuk tashish buyurtmalari 21% ga oshdi
2025-yilda o‘zbekistonliklarning umumiy daromadlari real hisobda 9,2% ga oshdi
/
2025-yilda o‘zbekistonliklarning umumiy daromadlari real hisobda 9,2% ga oshdi