O‘zbekistonda oltin quymalari narxi 2,52% ga arzonladi
Tijorat banklarida 5 grammli oltin quymalari narxi 7,9 mln so‘mdan sotilmoqda
O‘zbekistonda oltin quymalari narxi tushishda davom etmoqda. 2025-yil 28-oktabr holatiga ko‘ra, Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan oltin quymasining bir gramm narxi 1,59 mln so‘mni tashkil qildi.
Mamlakatda 5 grammli oltin quymalari narxi 8,17 mln so‘mlik qiymatdan bir kunda 206 ming so‘mga yoki 2,52% ga arzonladi.
Hozirgi kunda quymalar narxi quyidagicha:
- 5 gramm — 7,9 mln so‘m;
- 10 gramm — 15,9 mln so‘m;
- 20 gramm — 31,8 mln so‘m;
- 50 gramm — 79,6 mln so‘m;
- 100 gramm — 159,3 mln so‘m.
Kecha, 27-oktabr kuni mamlakatda 5 grammli oltin quymalari narxi o’tgan haftaga nisbatan 94 ming so’mga arzonlashgan edi.
Xabar nashr qilinayotgan vaqtda jahon savdo bozorlarida oltinning birja narxi bir unsiyasi uchun $3,9 mingni tashkil qildi.
Eslatib o’tamiz, 17-oktabr kuni 5 grammli oltin quymalari narxi 44-marta rekordni yangilagan edi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ