Abu-Dabi superyaxta egalari va yaxta sanoati top-menejerlari uchun “Oltin Prichal” dasturini taqdim etdi 

Ishtirokchilarga 10 yillik “oltin viza”beriladi

Abu-Dabi superyaxta egalari va yaxta sanoati top-menejerlari uchun “Oltin Prichal” dasturini taqdim etdi 

Abu-Dabi superyaxta egalari va yaxta sanoati top-menejerlari uchun mo‘ljallangan “Oltin Prichal” dasturini taqdim etdi. Bu haqda “Media Office Abu-Dhabi” xabar berdi.

Ushbu dastur doirasida 40 metrdan uzun yaxta egalari va sohaga aloqador yetakchi shaxslar 10 yillik “oltin viza” olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, bu esa ularga Birlashgan Arab Amirliklarida doimiy yashash huquqini beradi.

“Golden Quay” dasturi quyidagilarni taklif etadi:

  • Turizm va dam olish sohasida qo‘llab-quvvatlash
  • Abu-Dabi marinalariga bevosita kirish
  • Vizaga oila a’zolarini qo‘shish imkoniyati

Vizaga faqat yaxta egalari emas, balki yirik aksiyadorlar, bosh direktorlar, shuningdek, yaxta sohasi bilan bog‘liq sug‘urta va xizmat ko‘rsatish kompaniyalari mutaxassislari ham ariza topshirishi mumkin.

Mazkur tashabbus Abu-Dabi turizm strategiyasi – “Abu-Dhabi 2030” doirasida amalga oshirilmoqda va uning asosiy maqsadi yaxta turizmini rivojlantirish hamda Amirlikni badavlat sayohatchilar uchun premium yo‘nalishga aylantirishdir.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Uzum Uzpostni rivojlantirishga sarmoya kiritishga tayyorligini bildirdi
/
Uzum Uzpostni rivojlantirishga sarmoya kiritishga tayyorligini bildirdi
“O‘zbekiston pochtasi” xususiylashtirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi
/
“O‘zbekiston pochtasi” xususiylashtirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi
“Yerusti halqa yo‘li” metrosi ishga tushish sanasi qayta uzaytirildi
/
“Yerusti halqa yo‘li” metrosi ishga tushish sanasi qayta uzaytirildi