Markaziy bankning oltin-valyuta zaxiralari rekord darajadagi $55 mlrdga yetdi

Shuningdek, oltinning narxi birinchi marta 5 gramm uchun 7,9 mlndan oshdi

Markaziy bankning oltin-valyuta zaxiralari rekord darajadagi $55 mlrdga yetdi

Oʻzbekiston Markaziy bankining oltin-valyuta zaxiralari 2025-yil sentabr oyida $4,9 mlrdga oshib, tarixda ilk bor $55,0 mlrd darajasiga yetdi. Valyuta zaxiralari $9,4 mlrddan $10,2 mlrdgacha koʻpaydi.

Zaxiralardagi oltin qiymati $4,2 mlrdga oshib, $44,2 mlrdni tashkil etdi, ammo jismoniy hajm 11,8 mlndan 11,6 mln troya unsiyagacha kamaydi.

Bundan tashqari, 8-oktabr kuni o‘lchovli oltin quymalarning narxi rekordni yangiladi. 1 gramm oltin 1,58 mln so‘mga baholanmoqda. 5 grammlik o‘lchovli quyma 7,92 mln so‘mdan sotilmoqda.

Regulyator tomonidan oltin quymalari bo‘yicha taqdim qilingan ma’lumotga ko‘ra:

  • 5 gramm o‘lchovli oltin quyma narxi 7 mln 921 ming so‘m;
  • 10 gramm oltin quyma narxi 15 mln 842 ming som;
  • 20 gramm oltin quyma narxi 31 mln 684 ming so‘m;
  • 50 gramm oltin quyma narxi 79 mln 210 ming so‘m;
  • 100 gramm oltin quyma narxi 158 mln 420 ming so‘mni tashkil qiladi.

Yanvar oyidan buyon qimmatbaho metall 39,9% ga, 2024-yilning shu kuniga nisbatan esa 41,2% ga qimmatlashdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“O‘zbekneftgaz” raisi qator neft bazalari rahbarlarini ishdan oldi
/
“O‘zbekneftgaz” raisi qator neft bazalari rahbarlarini ishdan oldi
FlyArystan Olmaota—Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha reyslarni qayta yo‘lga qo‘yadi
/
FlyArystan Olmaota—Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha reyslarni qayta yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari hajmi 2025-yilda tarixiy rekordni yangiladi
/
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari hajmi 2025-yilda tarixiy rekordni yangiladi