O‘zbekistonda 5 grammlik oltin quyma narxi 6,3 mln so‘mga yetdi

Oy davomida narx 9% ga oshdi

O‘zbekistonda 5 grammlik oltin quyma narxi 6,3 mln so‘mga yetdi

20-fevral kuni oltin yana rekord darajada qimmatlashdi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.

Bir kun ichida 1 gramm mahsulot 0,5% ga qimmatlashib, 1 264 650 so‘mni tashkil etdi. Besh grammlik quyma esa 6,3 mln so‘mga yetdi, bu yil boshidan beri 12-rekord darajasidagi ko‘rsatkich bo‘ldi va bir oy oldingi darajadan 9% ga oshdi.

Jahon bozorida ham narxlar maksimal darajada saqlanib qolmoqda: bir troya unsiyasi $2940 dan (grammi $94,53) sotilmoqda. Oy davomida oltin 6,2% ga, yil davomida esa deyarli 1,5 barobarga qimmatlashdi.

 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Apple narxi $599 bo‘lgan MacBook Neo’ni taqdim etdi
/
Apple narxi $599 bo‘lgan MacBook Neo’ni taqdim etdi
O‘zbekistonda metan zapravkalari faoliyati vaqtincha cheklandi
/
O‘zbekistonda metan zapravkalari faoliyati vaqtincha cheklandi
“Toshkent” respublika fond birjasining daromadi 2025-yilda 43,1%ga oshdi
/
“Toshkent” respublika fond birjasining daromadi 2025-yilda 43,1%ga oshdi