O‘zbekiston yil davomida rekord miqdorda oltin sotdi

Oltin umumiy eksportning qariyb uchdan bir qismini, tovar eksportining esa 41,6% ini tashkil etadi

O‘zbekiston yil davomida rekord miqdorda oltin sotdi

O‘zbekiston 2025-yilning 11 oyi davomida rekord miqdorda oltin sotdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi hisobotida keltirilgan.

Yanvar-noyabr oylarida qimmatbaho metall eksporti $9,9 mlrddan oshib, o‘tgan yilga nisbatan 49,4% ga o‘sdi. Oltin umumiy eksportning qariyb uchdan bir qismini, tovar eksportining esa 41,6% ini tashkil etdi.

Umuman olganda, mamlakat ketma-ket ikki oy davomi oltin eksportini amalga oshirmadi. Shu tariqa, joriy yil davomida Markaziy bank qimmatbaho metallni sotmagan oylar soni to‘rttaga yetdi — yanvar, iyun, oktabr va noyabr oylarida oltin eksporti qayd etilmadi.

Yilning qolgan oylarida oltin yetkazib berish hajmi turlicha bo‘lgan. Xususan, fevralda eksport $1,73 mlrdni, martda $1,84 mlrdni, aprelda $1,91 mlrdni, mayda $1,01 mlrdni tashkil etgan. Iyul oyida $1,09 mlrd, avgustda $836 mln, sentabrda esa $1,47 mlrd miqdorida oltin eksport qilingan.

Noyabr oyida oltin-valyuta zaxiralari yana bir tarixiy rekordni qayd etgandi. Ularning hajmi $61,23 mlrdga yetib, bir oyda $1,89 mlrdga oshdi. Markaziy bank omborlaridagi oltin qiymati $3,01 mlrdga ko‘payib, ilk bor $50,85 mlrdni tashkil etdi. Bu oltin zaxiralarining fizik hajmi 11,9 mln troy unsiyadan 12,2 mln troy unsiyagacha (379,46 tonna) oshgani hisobiga kuzatildi.

Bundan tashqari, 23-dekabr kuni mamlakatda oltin quyma narxi rekordni yangiladi:

  • 5 gramm – 8 868 000 so‘m;
  • 10 gramm – 17 736 000 so‘m;
  • 20 gramm – 35 472 000 so‘m;
  • 50 gramm – 88 679 000 so‘m;
  • 100 gramm – 177 358 000 so‘m.

Yil boshiga nisbatan narxlar 56,6% ga oshdi va 45-marta rekord darajani yangiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda brokerlar uchun ustav kapitali bo‘yicha 1,23 mlrd so‘mlik limit joriy etiladi
/
O‘zbekistonda brokerlar uchun ustav kapitali bo‘yicha 1,23 mlrd so‘mlik limit joriy etiladi
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bitimlari chorakda 14% ga oshdi
/
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bitimlari chorakda 14% ga oshdi
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi