Endilikda Olmaota–Toshkent poyezdi har kuni qatnay boshlaydi
Yo‘lovchi poyezdlari bu yo‘nalishda 400 dan ortiq mijozga xizmat ko‘rsatadi
Фото: Дзен
Qozog‘iston temir yo‘llari operatori 14-dekabrdan boshlab Olmaota–Toshkent–Olmaota yo‘nalishida poyezdlar qatnovi har kuni amalga oshirilishini ma’lum qildi.
Avval bu yo‘nalishda Tulpar-Talgo tezyurar poyezdlari haftasiga bir necha marta — dushanba, chorshanba, juma va yakshanba yoki seshanba, payshanba va shanba kunlari harakatlanar edi.
QTY ma’lumotiga ko‘ra, kundalik qatnov yo‘l harakati barqarorligini ta’minlaydi hamda yo‘lovchilarga sayohatlarini yanada moslashuvchan rejalashtirish imkonini beradi.
Ushbu yo‘nalishda 400 dan ortiq yo‘lovchiga mo‘ljallangan qulay poyezd tarkiblari xizmat ko‘rsatadi. Chiptalarni bilet.railways.kz sayti orqali yoki temir yo‘l vokzallarining chiptaxonalarida xarid qilish mumkin.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ