Oktabr oyida aholi tomonidan banklarga $17,4 mlrd xorijiy valyuta sotildi — Markaziy bank

Shuningdek, xalqaro pul o‘tkazmalari hajmi $15,8 mlrdni tashkil qilmoqda

Oktabr oyida aholi tomonidan banklarga $17,4 mlrd xorijiy valyuta sotildi — Markaziy bank

Oktabr oyida xorijiy valyutaga bo‘lgan talab $48,4 mlrdni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24% ga oshdi. Bu haqdagi ma’lumot Markaziy bankning ichki valyuta bozori sharhida keltirilgan.

Taklif hajmi esa 2025 yilning o‘tgan davrida (Markaziy bank operatsiyalarini hisobga olmagan holda) $41,2 mlrdni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 26% ga o‘sdi.

Aholi tomonidan tijorat banklariga $17,4 mlrd xorijiy valyuta sotgan, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 baravarga oshdi (2024-yilda – $13,2 mlrd). Shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan $9,6 mlrd qiymatida xorijiy valyuta sotib olingan (2024-yilda – $7,7 mlrd). Umuman olganda, jismoniy shaxslar valyuta taklifi uning talabidan $7,8 mlrdga ortiq bo‘ldi.

Mazkur davrda aholining banklarga valyuta sotishining asosiy manbai bo‘lgan xalqaro pul o‘tkazmalari orqali mamlakatga $15,8 mlrd miqdorda valyuta kelib tushdi. Bu 2024-yilga nisbatan 25% yoki $3,2 mlrdga yuqori.

Shuningdek, xalqaro pul o‘tkazmalari orqali mamlakatdan $2,2 mlrd mablag‘ chiqarilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilga qaraganda $147 mln kam.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
/
Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
/
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi
/
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi