OIIB O‘zbekistonda qishloq yo‘llarini modernizatsiysi uchun $173,4 mln ajratadi

Mablag‘lar Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi qishloq yo‘llarini qayta qurish ishlariga yo‘naltiriladi

OIIB O‘zbekistonda qishloq yo‘llarini modernizatsiysi uchun $173,4 mln ajratadi

Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) va O‘zbekiston $71,1 mln miqdoridagi kredit shartlarini kelishib oldi. Bu haqda bank matbuot xizmatiga Kapital.uz xabar berdi.

Mablag‘lar Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi qishloq yo‘llarini qayta qurish ishlariga yo‘naltiriladi. Mazkur transh umumiy qiymati $173,4 mlnlik ikki bosqichli moliyalashtirishning birinchi qismi hisoblanadi. Mablag‘larni ajratish bo‘yicha yakuniy qarorni OIIB prezidenti qabul qiladi.

Loyiha iqlim va ijtimoiy omillarni inobatga olgan holda qishloq hududlarida transport qulayligini yaxshilashga qaratilgan. Birinchi bosqichda Xorazm viloyatidagi, ikkinchi bosqichda esa Qoraqalpog‘istondagi yo‘llar qayta quriladi. Amalga oshirishning bunday tartibi infratuzilmaviy ustuvorliklarni hisobga olish va loyihani bajarish davomida tajriba to‘plash imkoniyatini beradi.

OIIB – 2016-yilda tashkil etilgan ko‘p tomonlama taraqqiyot banki bo‘lib, u 100 dan ortiq davlatni birlashtiradi hamda barqaror infratuzilma bilan bog‘liq loyihalarni moliyalashtiradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi