Nvidia bozor qiymati $4 trlndan oshgan ilk kompaniyaga aylandi

Uning NASDAQ birjasidagi qimmatli qog‘ozlari narxi $164,74 ga ko‘tarildi

Nvidia bozor qiymati $4 trlndan oshgan ilk kompaniyaga aylandi

Amerikalik grafik protsessorlar ishlab chiqaruvchisi Nvidia bozor qiymati $4 trlndan oshgan tarixdagi birinchi kompaniyaga aylandi. Bu haqda TradingView xabar bermoqda.

9-iyul kuni o‘tkazilgan savdolar yakuniga ko‘ra, Nvidianing kapitallashuvi $4 trlnga yetdi. Kompaniyaning Amerika NASDAQ birjasidagi qimmatli qog‘ozlari narxi $164,74 ga ko‘tarildi.

Kompaniya jahon bozorlarida yetakchilik qilayotgan qimmatbaho ommaviy kompaniyalar reytingida birinchi o‘rinni egalladi.

Nvidia — asosan grafik protsessorlar (GPU) va chip tizimlari (SoC) ishlab chiqaruvchisi sifatida tanilgan Amerika texnologiya kompaniyasidir. Shuningdek, u sun’iy intellekt, superkompyuterlar, avtonom transport vositalari va boshqa yuqori texnologiyali sohalarda faol faoliyat olib bormoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Soliq tekshiruvlarini videoga olish tartibi tasdiqlandi
/
Soliq tekshiruvlarini videoga olish tartibi tasdiqlandi
Top-100 xorijiy OTM bitiruvchilariga 880 mln so‘mdan ortiq ipoteka beriladi
/
Top-100 xorijiy OTM bitiruvchilariga 880 mln so‘mdan ortiq ipoteka beriladi
JCh-2026 muxlislari uchun AQShga FIFA PASS vizasini olish tartibi e’lon qilindi
/
JCh-2026 muxlislari uchun AQShga FIFA PASS vizasini olish tartibi e’lon qilindi