Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi

Kelishuv doirasida mablag‘larning katta qismi Nvidia kompaniyasiga uskunalar to‘lovi sifatida qaytadi

Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi

Nvidia va OpenAI avvalgi $100 mlrdlik bitimni bekor qilib, $30 mlrdlik yangi sarmoya kelishuvi ustida ishlamoqda. Bu haqda Oninvest xabar bermoqda.

Avvalgi rejaga ko‘ra, Nvidia bir necha yil davomida startapning katta ulushi evaziga 10 marta $10 mlrddan sarmoya kiritishi kerak edi. Endilikda ushbu reja bekor qilingan. Nashrning yozishicha, yangi kelishuvga asosan, kiritilgan mablag‘larning asosiy qismi uskunalar uchun to‘lov sifatida Nvidia hisobiga qaytariladi. Shuningdek, kompaniya OpenAI aksiyalarini ham qo‘lga kiritadi.

Avvalgi yirik bitimdan voz kechish qarori sun’iy intellekt sektori fonida aksiyalar narxi pasayishidan xavotirda bo‘lgan investorlar xatti-harakatlari vaqtida qabul qilindi. Ta’kidlash joizki, aynan OpenAI bilan tuzilgan dastlabki kelishuvi Nvidia bozor kapitallashuvini $5 trlndan oshishiga yordam bergan edi.

Mazkur yangi bitim OpenAI uchun yirik moliyalashtirish raundining bir qismi hisoblanadi. Prognozlarga ko‘ra, kompaniya jami $100 mlrddan ortiq mablag‘ jalb qiladi. Agar OpenAI bozor kapitallashuvi $830 mlrdni tashkil etsa, bu kompaniyaning 2027-yilgi kutilayotgan daromadidan 14 barobar yuqori bo‘ladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
TBC Uzbekistan operatsion daromadi 3,17 trln so‘mga yetdi
/
TBC Uzbekistan operatsion daromadi 3,17 trln so‘mga yetdi