O‘zbekiston Nvidia bilan hamkorlikda GPU klasterini tashkil etish rejalashtirilmoqda

Shuningdek, sun’iy intellektni joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzolandi

O‘zbekiston Nvidia bilan hamkorlikda GPU klasterini tashkil etish rejalashtirilmoqda

Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosarlari Olimjon Umarov va Rustam Karimjonov boshchiligidagi delegatsiya AQShning yetakchi kompaniyalari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

NVIDIA vitse-prezidenti Kalista Redmond bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda mamlakatimizda yuqori samarali GPU klasterini tashkil etish, mahalliy kadrlarni tayyorlash, generativ sun’iy intellekt va keng miqyosli til modellari yo‘nalishida qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, sun’iy intellektni joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzolashga kelishildi.

Microsoft jamoasi bilan uchrashuvda esa AT ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan dasturlar, xalqaro sertifikatlar va AT markazlari faoliyati haqida ma’lumot berildi. Kompaniya vakillari O‘zbekistonda shakllanayotgan malakali kadrlar salohiyatini e’tirof etib, hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank: 2025-yilda O‘zbekistonda 37 ta mikromoliya tashkiloti va bitta bank ish boshladi
/
Markaziy bank: 2025-yilda O‘zbekistonda 37 ta mikromoliya tashkiloti va bitta bank ish boshladi
Birjada propan narxi 8 kunda 15%ga oshdi
/
Birjada propan narxi 8 kunda 15%ga oshdi
O‘zbekistonda ayrim bojxona postlarida tajriba tariqasida ish tartibi o‘zgartiriladi
/
O‘zbekistonda ayrim bojxona postlarida tajriba tariqasida ish tartibi o‘zgartiriladi