Saudiya kompaniyasi Nukus issiqlik ta’minoti tizimiga $411 mln sarmoya kiritadi

“Saudi Tabreed” “Issiqlikta’minoti” bilan birgalikda 360 MVt issiqlik quvvati va 30 MVt elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega uskunalar o‘rnatadi

Saudiya kompaniyasi Nukus issiqlik ta’minoti tizimiga $411 mln sarmoya kiritadi

Qoraqalpog‘iston, “Issiqlikta’minoti” va Saudiya Arabistonining “Saudi Tabreed” kompaniyasi Nukus shahrida issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha $411 mlnlik loyihani amalga oshirmoqda.

Tomonlar Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida hamkorlik tafsilotlarini muhokama qildilar.

Loyiha doirasida 360 MVt issiqlik quvvati va 30 MVt elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega uskunalar o‘rnatish rejalashtirilgan. Mavjud 65 kilometrlik issiqlik tarmoqlari qayta quriladi, shuningdek, 200 dan ortiq individual issiqlik punktlari o‘rnatiladi.

Ishlar yakunlangach, 581 ta ko‘p qavatli uy va 238 ta ijtimoiy obyekt markazlashgan isitish tizimi bilan ta’minlanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Oʻzbekistonda yana 6 turdagi hisobotlar avtomatlashtiriladi
/
Oʻzbekistonda yana 6 turdagi hisobotlar avtomatlashtiriladi
Bozorlardagi 12 mingta savdo nuqtasida ijara shartnomalari rasmiylashtirilmagan
/
Bozorlardagi 12 mingta savdo nuqtasida ijara shartnomalari rasmiylashtirilmagan
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun o‘sdi
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun o‘sdi