11 oyda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi $72 mlrddan oshdi

Yil boshidan buyon eksport hajmi 26,2% ga, import esa 18,7% ga ko‘paydi

11 oyda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi $72 mlrddan oshdi

2025-yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $72,8 mlrdga yetdi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 21,8% ga yuqori. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Hisobot davrida eksport hajmi $30,8 mlrdni tashkil etib, 26,2% ga oshdi. Import esa $41,8 mlrdga yetib, 18,7% ga ko‘paydi. Natijada tashqi savdo balansida $10,9 mlrd miqdorida salbiy saldo shakllandi.

Mazkur davrda O‘zbekiston 210 ta davlat bilan savdo aloqalarini amalga oshirdi. Tovar aylanmasi bo‘yicha yetakchi hamkorlar Xitoy (20,1%), Rossiya (16,2%) va Qozog‘iston (6%) bo‘ldi.

Eksport tarkibida tovarlar ulushi 72,6% ni tashkil etdi. Jumladan, sanoat mahsulotlari — 11,3%, oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar — 8,7%, kimyoviy moddalar va shunga o‘xshash mahsulotlar — 6%, turli tayyor buyumlar — 5% ulushga ega.

Eksportda nomonetar oltin alohida o‘rin egallab, uning hajmi $9,95 mlrdni tashkil etdi. Sanoat mahsulotlari eksporti $3,4 mlrdga yetdi. Meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib berish 36,8% ga oshib, $1,94 mlrd (2 mln tonna)ni tashkil etdi. Shu bilan birga, to‘qimachilik mahsulotlari eksporti 14,6% ga qisqarib, $2,2 mlrd bo‘ldi.

Import hajmi $41,8 mlrdni tashkil etdi. Unda asosiy ulush mashina va transport uskunalari (33,6%), sanoat mahsulotlari (15,7%) hamda kimyoviy moddalar (12,2%) hissasiga to‘g‘ri keldi. Import operatsiyalari 180 ta davlat bilan amalga oshirildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi