Toshkentda noqonuniy tashqi reklamani bartaraf etish bo’yicha reyd bo’lib o’tdi

Mirobod tumanining o’zida 120 dan ortiq reklama bannerlari olib tashlandi

Toshkentda noqonuniy tashqi reklamani bartaraf etish bo’yicha reyd bo’lib o’tdi

Toshkent shahrida noqonuniy tashqi reklamalar bo’yicha reyd o‘tkazildi. Bu haqda bir qancha tuman hokimliklari matbuot xizmatlari xabar berdi.

Mirobod tumanining Shahrisabz, Islom Karimov, Nukus va Farg‘ona yo‘li ko‘chalarida 120 dan ortiq reklama bannerlari va bilbordlar olib tashlandi

Yakkasaroy tumanining Bobur va Nukus koʻchalari chorrahasida joylashgan 16 qavatli bino fasadida joylashgan reklama banneri ham tegishli mutaxassislar xulosasiga asosan olindi.

Shuningdek, noqonuniy inshootlarni demontaj qilish bo’yicha Chilonzor tumanida ko‘p qavatli uylarning old qismidagi bannerlarni bartaraf etish ishlari olib borildi.

Poytaxtning boshqa tuman hokimliklari reydlar haqida haligacha ma’lumot bermagan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Apple narxi $599 bo‘lgan MacBook Neo’ni taqdim etdi
/
Apple narxi $599 bo‘lgan MacBook Neo’ni taqdim etdi
O‘zbekistonda metan zapravkalari faoliyati vaqtincha cheklandi
/
O‘zbekistonda metan zapravkalari faoliyati vaqtincha cheklandi
“Toshkent” respublika fond birjasining daromadi 2025-yilda 43,1%ga oshdi
/
“Toshkent” respublika fond birjasining daromadi 2025-yilda 43,1%ga oshdi