O‘zbekistonda bir necha bloger qimor o‘yinlarini reklama qilgani uchun javobgarlikka tortildi

Raqobat qo‘mitasi bukmekerlik kompaniyasining noqonuniy targ‘ibotini aniqladi

O‘zbekistonda bir necha bloger qimor o‘yinlarini reklama qilgani uchun javobgarlikka tortildi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Melbet bukmekerlik kompaniyasi reklamasi va qimor o‘yinlarini O‘zbekistondagi mashhur blogerlarning ijtimoiy tarmoqlarida joylashtirish faktlarini aniqladi.

Huquqbuzarliklarga fuqarolar Shodiyev Jasurbek (jasjannew), Normamatov Dadabek (allme.uz), Rahmatov Sherxon (sherxon.zdss) va Hasanboyev Hojiakbar (hojiakbar_ku) tomonidan yo‘l qo‘yilgan. Ushbu holatlar bo‘yicha blogerlar ma’muriy javobgarlikka tortilib, materiallar sudga yuborilgan.

“Reklama to‘g‘risida” gi qonunga ko‘ra, O‘zbekiston hududida qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa ko‘ngilochar o‘yinlarni targ‘ib qilish taqiqlanadi va javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

UzAuto Motors va yirik davlat kompaniyalari xususiylashtirishga tayyorlanmoqda
/
UzAuto Motors va yirik davlat kompaniyalari xususiylashtirishga tayyorlanmoqda
Vashingtonda Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik kengashi ish boshladi
/
Vashingtonda Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik kengashi ish boshladi
Oʻzbekistonda yana 6 turdagi hisobotlar avtomatlashtiriladi
/
Oʻzbekistonda yana 6 turdagi hisobotlar avtomatlashtiriladi