Raqobat qo‘mitasi 4 ta turoperatorga noqonuniy reklama joylashtirgani yuzasidan moliyaviy jarima qo‘lladi
Shuningdek, yana 5 ta kompaniya mansabdor shaxslariga ma’muriy javobgar belgilandi

Raqobat qo‘mitasi turoperatorlar tomonidan “Umra” tadbirini tashkil etish va o‘tkazishga oid reklamalarning qonuniyligi o‘rgandi.
O‘rganishlar natijasida, Buxoro, Samarqand, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari tomonidan, jami 4 ta — «Mirabelle travel», «Ketdik Tour», » Ayattour», «Tavakkalna Travel» MCHJlari turoperatorlar tomonidan litsenziya hujjatlari mavjud bo‘lmagan holda reklamalar joylashtirilganligi va bu bilan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning talablari buzilganligi yuzasidan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, yakunlari yuzasidan moliyaviy jarimalar qo‘llanildi.
Shuningdek, Qo‘mitaning Namangan va Farg‘ona viloyatlari hududiy boshqarmalari tomonidan, jami 5 ta — «Jat Travel» instagram sahifasi, «Farg‘ona Umra», «Saudiyaga Sayohat», «Aziz Turizm», «Sardor Turizm» telegram kanallari adminlari tomonidan berilgan reklamalarda ham yuqoridagi kabi qonunchilik talablari buzilishi yuzasidan mansabdor shaxslari ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Shu bilan birgalikda, 12 dan ortiq litsenziyaga ega bo‘lmasdan reklama materiallari tarqatayotgan axborot resurslarini yurituvchi shaxslarga aniqlik kiritish maqsadida Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markaziga ma’lumot kiritildi.
Ushbu o‘rganish yakunlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tegishli choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ