NKMK birinchi yarim yillikda 60,8 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqardi

Oltin ishlab chiqarish hajmi esa 1,5 ming troya unsiyasini tashkil etmoqda

NKMK birinchi yarim yillikda 60,8 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqardi

Navoiy kon-metallurgiya kombinati yanvar-iyun oylarida 60,8 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqardi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,4% ko‘p.

Oltin ishlab chiqarish hajmi 1 537,6 ming troya unsiyasini tashkil etdi (2024-yilning birinchi yarmida 1 516,8 ming edi).

Investitsiya dasturi doirasida $219,5 mln o‘zlashtirildi va 1,19 mingta yangi ish o‘rni yaratildi. Xarajatlarni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar natijasida mahsulot tannarxi 1,8 trln so‘mga pasaytirildi.

Bundan tashqari, mahalliylashtirish dasturi doirasida 757,5 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Tarmoqlararo sanoat hamkorligi bo‘yicha xaridlar hajmi 3,6 trln so‘mdan oshib ketdi.

May oyida NKMK London fond birjasida besh yillik muddatga va yillik 6,75% stavka bilan $500 mlnlik korporativ obligatsiyalarni joylashtirdi. AQSH, Yevropa va Osiyo investorlarining talabi $2,3 mlrddan oshib, bu chiqarilgan hajmdan 4,6 barobar ko‘p bo‘ldi.

2024-yilda O‘zbekistonning eng yirik oltin qazib oluvchi korxonasi daromadi $7,4 mlrdga yetdi. Oltin ishlab chiqarish hajmi esa 3,1 mln troya unsiyasini (96,4 tonna) tashkil etib, bu o‘tgan yilga nisbatan 5,4% ga ko‘p bo‘ldi. Bunday o‘sishga yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish hisobiga erishildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

S&P yil oxiriga qadar dollar 12 050 so‘m darajasida qolishini prognoz qilmoqda
/
S&P yil oxiriga qadar dollar 12 050 so‘m darajasida qolishini prognoz qilmoqda
Yil oxirigacha Samarqanddan Urgutga temir yo‘l qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
/
Yil oxirigacha Samarqanddan Urgutga temir yo‘l qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Avolon Centrum Air’ga o’zining 5 ta Airbus A320neo samolyotlarini ijaraga beradi
/
Avolon Centrum Air’ga o’zining 5 ta Airbus A320neo samolyotlarini ijaraga beradi