NKMK London fond birjasiga $500 mlnlik obligatsiya joylashtirdi

Mablag‘lar kredit portfelini optimallashtirish va qarz olish shartlarini yaxshilashga yo‘naltiriladi

NKMK London fond birjasiga $500 mlnlik obligatsiya joylashtirdi

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” (NKMK) London fond birjasiga korporativ obligatsiyalarni joylashtirdi.

Qog‘ozlarning muomalada bo‘lish muddati besh yil, muomalaga chiqarish hajmi — $500 mln, stavka — yillik 6,75% etib belgilangan.

Joylashtirish qulay bozor sharoitida o‘tkazildi, bu esa turli mintaqalardan, jumladan AQSH, Yevropa va Janubi-Sharqiy Osiyodan investorlarni jalb qilish imkonini berdi. Obligatsiyalar RegS va 144A formatlarida chiqarilgan. Joylashtirish tashkilotchilari Citi, JP Morgan, Societe Generale va MUFGdan iborat bank konsorsiumi bo‘ldi.

Xalqaro investorlar tomonidan talab $2,3 mlrddan ortiqni tashkil etdi, bu emissiya hajmidan 4,6 baravar ko‘pdir. Olingan mablag‘lar joriy kredit portfelini restrukturizatsiya qilish va qarz olish shartlarini yaxshilashga yo‘naltiriladi.

NKMK 2024-yil oktabr oyida $1 mlrdlik yevroobligatsiyalar chiqarishi haqida ma’lum qilingandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2030-yilgacha Toshkent metrosi tarmogʻi 100 kmga yetkaziladi
/
2030-yilgacha Toshkent metrosi tarmogʻi 100 kmga yetkaziladi
O‘zbekistonda yirik AES quvvatini 2040-yilgacha 4 GVt ga yetkazish rejalashtirilmoqda
/
O‘zbekistonda yirik AES quvvatini 2040-yilgacha 4 GVt ga yetkazish rejalashtirilmoqda
Namanganda $750 mlnlik China Town Namangan majmuasi qurilishi boshlandi
/
Namanganda $750 mlnlik China Town Namangan majmuasi qurilishi boshlandi