“NKMK”ning sof foydasi yarim yilda $1,5 mlrddan oshdi

Oltin narxlari va sotuv hajmining oshishi kompaniyaga sof foydani 72% gacha oshirish imkonini berdi

“NKMK”ning sof foydasi yarim yilda $1,5 mlrddan oshdi

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ 2025 yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha $1,5 mlrddan ortiq sof foyda oldi. Bu ko‘rsatkich 2024 yilning shu davriga nisbatan qariyb ikki baravar ko‘p – o‘tgan yili daromad $882 mln bo‘lgan.

Hisobot davrida korxonaning sof tushumi 40% dan ko‘proqqa oshib, $4,7 mlrdni tashkil etdi. Yalpi foyda $2,9 mlrdga yetib, deyarli 59% o‘sdi. Operatsion foyda ham sezilarli darajada ko‘payib, $1,7 mlrddan $2,8 mlrdga ko‘tarildi. Davlat byudjetiga to‘langan soliqlar hajmi esa $716 mlndan $1,2 mlrdgacha ko‘paydi.

Bloomberg xabariga ko‘ra, hozirda “Navoiy KMK” London fond birjasi va mahalliy bozor orqali aksiyalarni birlamchi joylashtirish (IPO) jarayoniga tayyorlanmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga qaraganda, kompaniyaning umumiy qiymati, qarz majburiyatlari inobatga olinganda, qariyb $20 mlrdni tashkil qilishi mumkin.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi