NGMK ishlab chiqarish hajmi 37%ga oshdi

O’tgan 9 oy davomida qariyb 67 trln so’mlik mahsulot ishlab chiqarilgan

NGMK ishlab chiqarish hajmi 37%ga oshdi

Joriy yilning o’tgan 9 oyi davomida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ 66,8 trln so‘mdan ortiq mahsulot ishlab chiqardi, bu o’tgan yilning shu davriga nisbatan 36,9% ga ko‘p. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Investitsiya loyihasi doirasida $613,5 mlnlik mablag‘ o‘zlashtirilib, 367 ta yangi ish o‘rini yaratildi. Mahalliylashtirish dasturi doirasida esa 699,5 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. 

Tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi doirasida qariyb 5 trln so‘mlik mahsulot xarid qilindi.

Xarajatlarni maqbullashtirish bo‘yicha kompleks tadbirlar ijrosi mahsulot tannarxini 2,2 trln so‘mga kamaytirish imkonini yaratdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Mubadala va TAQA Tolimarjon IESning 80% ulushini sotib oldi
/
Mubadala va TAQA Tolimarjon IESning 80% ulushini sotib oldi
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi
/
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi
YouTube orqali o‘zbekistonliklar yiliga $50 mln daromad topishi mumkin — ITIM
/
YouTube orqali o‘zbekistonliklar yiliga $50 mln daromad topishi mumkin — ITIM