Netflix Warner Bros.’ni $72 mlrdga sotib olmoqda

Bitim HBO xizmatlarini ham o‘z ichiga oladi va 2026-yilda yakunlanishi kutilmoqda

Netflix Warner Bros.’ni $72 mlrdga sotib olmoqda

Amerikalik onlayn-kinoteatr Netflix mashhur kino studiyasi Warner Bros. Discovery va u bilan bog‘liq aktivlarni sotib olayotganini e’lon qildi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy press-relizida ma’lum qilingan.

Kompaniyaning umumiy qiymati taxminan $82,7 mlrd, aksiyalar kapitali esa $72 mlrd deb baholanmoqda. Imzolangan kelishuv doirasida Netflix HBO va HBO Max kabi platformalarni boshqarish huquqiga ega bo‘ladi. Bitim 2026-yilning uchinchi choragida yakunlanishi rejalashtirilgan. Jarayon Discovery Global alohida mustaqil tuzilma sifatida ajratib chiqilgandan so‘ng rasmiy tarzda yopiladi.

Sotib olish natijasida Netflix katalogi yirik franshizalar va mashhur seriallar bilan boyitiladi. Ular orasida — “Taxtlar o‘yini”, “DC olami”, “Garri Potter”, “Sopranolar oilasi”, “Katta portlash nazariyasi” va boshqa ko‘plab loyihalar mavjud. Hammuassis va bosh direktor Ted Sarandos kontent birlashuvi platformaning auditoriyani ko‘proq jalb etish vazifasini samaraliroq bajarishga yordam berishini ta’kidladi. Boshqaruvning boshqa rahbari Greg Piters esa, mazkur xarid kompaniya taklifini kengaytirishi va uzoq muddatli biznes barqarorligini mustahkamlashini qo‘shimcha qildi.

To‘lov naqd mablag‘ va qimmatli qog‘ozlar kombinatsiyasi orqali amalga oshiriladi, bir aksiya qiymati $27,75 etib belgilangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu aktivlarga ilgari Paramount Skydance va Comcast ham da’vogarlik qilgan. Mutaxassislar fikricha, bunday yirik shartnoma AQSh va Yevropa antimonopoliya regulyatorlari tomonidan chuqur ko‘rib chiqilishi ehtimoldan xoli emas.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi