Nestlé O‘zbekistonda bolalar uchun ayrim oziq-ovqat mahsulotlarini savdodan qaytarib olmoqda

Xavf faqat ayrim partiyalarga taalluqli bo‘lib, mahsulotlar tarkibida zararli modda bo‘lish ehtimoli bor

Nestlé O‘zbekistonda bolalar uchun ayrim oziq-ovqat mahsulotlarini savdodan qaytarib olmoqda

Nestlé Food kompaniyasi O‘zbekistonda bolalar uchun mo‘ljallangan ayrim mahsulotlarni, jumladan sutli aralashmalar va maxsus davolovchi ovqatlarni ixtiyoriy ravishda savdodan qaytarib olmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Ishlab chiqaruvchi ushbu qarorni global xavfsizlik siyosati doirasida, ehtiyot chorasi sifatida qabul qilgan. Bunga sabab — uchinchi tomon yetkazib beruvchisidan xarid qilingan araxidon kislotasi tarkibida sereulid moddasining bo‘lish ehtimoli aniqlangani. Ushbu toksin organizmga tushganda ko‘ngil aynishi, qusish va qorin og‘riqlari kabi o‘tkir holatlarga olib kelishi mumkin.

Savdodan qaytarib olinayotgan mahsulotlar quyidagi partiyalarni o‘z ichiga oladi:

  • NAN 1 OPTIPRO — 51490346AB, 51750346AA, 51900346AE, 51760346AA, 52180346AB, 52670346AE, 52680346AD, 51500346BA, 51910346BA;
  • NAN 2 OPTIPRO — 5172080622, 5206080621, 5298080624, 5205080661, 5206080661, 5289080661, 5290080661, 5204080611, 5205080611;
  • NAN kislotali (0–12 oy) — 51230017A1;
  • NAN Supreme (0–12 oy) — 52790742C1;
  • ALFARE Amino — 51050017Y2, 51470017Y1, 52730017Y1.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, moddaning ehtimoliy miqdori juda kam bo‘lib, O‘zbekiston qonunchiligida uning tarkibiga doir qat’iy me’yorlar mavjud emas. Shunga qaramay, har qanday xavfni bartaraf etish maqsadida ushbu partiyalarni 5-yanvardan boshlab savdodan chiqarish ishlari boshlangan. Holat haqida tegishli davlat nazorat organlari xabardor qilingan.

Mazkur mahsulotlarni xarid qilgan iste’molchilar ularni sotib olingan savdo nuqtalariga qaytarish huquqiga ega. Qolgan mahsulot turlari va boshqa partiyalar bu cheklovga kirmaydi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari hajmi 2025-yilda tarixiy rekordni yangiladi
/
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari hajmi 2025-yilda tarixiy rekordni yangiladi
Amerikalik milliarder Jim Rodjers O‘zbekiston fond bozoridagi kompaniyalarning aksiyalarini xarid qildi
/
Amerikalik milliarder Jim Rodjers O‘zbekiston fond bozoridagi kompaniyalarning aksiyalarini xarid qildi
O‘zbekistonga import qilingan yengil avtomobillarning 71,2% elektromobillar hissasiga to‘g‘ri keladi
/
O‘zbekistonga import qilingan yengil avtomobillarning 71,2% elektromobillar hissasiga to‘g‘ri keladi