O‘zbekistonliklar bayram munosabati bilan necha kun dam olishi ma’lum bo‘ldi

Prezident shu haqda tegishli farmonni imzoladi

O‘zbekistonliklar bayram munosabati bilan necha kun dam olishi ma’lum bo‘ldi

Bayram munosabati bilan O‘zbekistonda olti kunlik ish haftasida ishlaydiganlar 5 kun, besh kunlik ish haftasida ishlaydiganlar esa 6 kun dam olishadi. Bu haqda prezident farmonidan ma’lum bo‘ldi.

2025 yilda besh kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun 4 yanvar (shanba) dam olish kuni 2 yanvar (payshanba) kuniga ko‘chiriladi.

Shuningdek, Yangi yil bayramida o‘zbekistonliklar quyidagicha dam olishadi:

  • — 28 dekabr, shanba — haftada olti kun ishlaydiganlar uchun ish kuni, haftada besh kun ishlaydiganlar uchun esa dam olish kuni;
  • — 29 dekabr, yakshanba — hamma uchun dam olish kuni;
  • — 30 dekabr, dushanba — haftada olti kun ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, haftada besh kun ishlaydiganlar uchun 14 dekabr (shanba) dan ko‘chirilgan dam olish kuni;
  • — 31 dekabr, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
  • — 1 yanvar, chorshanba — Yangi yil, bayram kuni;
  • — 2 yanvar, payshanba — haftada olti kun ishlaydiganlar uchun dam olish kuni, haftada besh kun ishlaydiganlar uchun 4 yanvar (shanba) dan ko‘chirilgan dam olish kuni.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Ko‘p qavatli uylarni boshqarish organlarining elektron reyestri yuritiladi
/
Ko‘p qavatli uylarni boshqarish organlarining elektron reyestri yuritiladi
YTTB O‘zbekistonga $66 mln miqdorida kredit ajratadi
/
YTTB O‘zbekistonga $66 mln miqdorida kredit ajratadi
O‘zbekistonda muammoli kreditlar 22,4 trln so‘mga yetdi
/
O‘zbekistonda muammoli kreditlar 22,4 trln so‘mga yetdi