“Navoiyuran”ning sof foydasi 55%ga oshdi
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish qariyb 5 trln so'mgacha oshdi

Joriy yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo’yicha “Navoiyuran”ning sof foydasi o’tgan yilning shu davriga nisbatan 1,9 trln so’m ($150 mln)ni tashkil etib, 55%ga oshdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 4,9 trln so’mgacha o’sdi (yiliga+12,3%), eksport hajmi esa 83,5%ga oshdi.
UxC ma’lumotlariga ko’ra, 2023 yilda global tabiiy uran ishlab chiqarish 10%ga o’sib, 54,8 ming tonnani tashkil etdi. Jami ishlab chiqarishning qariyb 87%ni to’qqizta yirik kompaniya ta’minladi.
2010 yildan beri sanoat yetakchisi “Kazatomprom” bo’lib, u jahon bozorining 20% nazorat qiladi. Kanadaning ”Cameco” kompaniyasi ikkinchi o’rinni egallab, “McArthur River” konining qayta ishga tushirilishi tufayli o’z ulushini 15%ga oshirdi.
Eng yaxshi beshlikka 14% bilan Rosatom, har biri 10% bilan fransuz “Orano” va Xitoy CGN kiradi. “Navoiyuran” jahon uran ishlab chiqarishining 7%ni egallab, 3,8 ming tonnadan ortiq qazib oladi. Undan keyin Xitoyning CNNC 6% va buyuk Britaniyaning BHP 5%.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ