“Navoiyuran” 2024-yilda sof foydasi ikki baravarga oshgan

Korxona daromadi 11,5 trln so‘mdan oshdi

“Navoiyuran” 2024-yilda sof foydasi ikki baravarga oshgan

2024-yilda “Navoiyuran” sof foydasi ikki barobarga oshib, daromadi 11,6 trln so‘mga yetdi. Bu haqdagi ma’lumot uning moliyaviy hisobotida ma’lum bo‘ldi.

Natija 2023-yilga nisbatan 92,7% ga ko‘p. Mahsulotlarni sotishdan olingan yalpi foyda ikki barobardan ziyod o‘sib, 8,67 trln so‘mni, asosiy faoliyatning asosiy turlaridan olingan foyda esa esa 6,15 trln so‘mni tashkil etdi.

Kompaniyaning taqsimlanmagan foydasi 6,16 trln so‘mga yetgan, sof foydasi esa 2,64 dan 5,31 trln so‘mga oshdi. Shu bilan birga, jami xarajatlar 2,6 barobarga oshib, 2,53 trln so‘mdan yuqorilagan. Xarajatlarning sezilarli o‘sishi asosan “boshqa operatsion xarajatlar”ning 0,65 trln so‘mdan 2,14 trln so‘mgacha oshishi bilan bog‘liq. 

Shuningdek, “Navoiyuran” mahsulot ishlab chiqarish hajmini ikki barobarga oshirib, 13,7 trln so‘mga yetkazdi. Yil davomida korxona $125,9 mln investitsiya jalb qildi, 122 ta yangi ish o‘rni yaratildi va xarajatlarni optimallashtirish hisobiga mahsulot tannarxini 457,2 mlrd so‘mga kamaytirdi. Mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarish 132,1% ga o‘sib, 58,7 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Kompaniyaning soliq to‘lovlari 4,6 trln so‘mni tashkil etdi va uning o‘zi O‘zbekistondagi eng yirik soliq to‘lovchilar uchligiga kirdi.

2025-yilda O‘zbekistonning eng yirik davlat korxonalari yevrobondlar chiqarishni rejalashtirmoqda. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati $1 mlrdlik, Navoiy kon-metallurgiya kombinati $500 mlnlik,  “Navoiyuran” va “O‘zmetkombinat” $300 mlndan qimmatli qog‘ozlarni joylashtiradi. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Uzum Uzpostni rivojlantirishga sarmoya kiritishga tayyorligini bildirdi
/
Uzum Uzpostni rivojlantirishga sarmoya kiritishga tayyorligini bildirdi
“O‘zbekiston pochtasi” xususiylashtirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi
/
“O‘zbekiston pochtasi” xususiylashtirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi
“Yerusti halqa yo‘li” metrosi ishga tushish sanasi qayta uzaytirildi
/
“Yerusti halqa yo‘li” metrosi ishga tushish sanasi qayta uzaytirildi