O‘zbekistonda chegirmalar e’lon qilishdan oldin narxlarni sun’iy ravishda oshirish taqiqlandi

Endi chakana sotuvchilar aksiya boshlanishidan oldingi oxirgi oy uchun mahsulotning eng past qiymatini ko‘rsatishlari shart

O‘zbekistonda chegirmalar e’lon qilishdan oldin narxlarni sun’iy ravishda oshirish taqiqlandi

O‘zbekistonda sotuvchilarga sun’iy ravishda narxlarni oshirib, keyinchalik arzonlashtirilgan narxlarni chegirma sifatida ko‘rsatish orqali iste’molchilarni chalg‘itish taqiqlandi. Hukumatning 21-oktabrdagi qarori bilan chakana savdo qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi.

Unga ko‘ra, sotuvchi tovarning chegirmagacha bo‘lgan narxini ko‘rsatsagina, bu “chegirma” deb hisoblanadi. Aks holda, bu shunchaki tovar narxini arzonlashtirish sifatida baholanadi. Chegirmada ko‘rsatilgan, chegirma narxgacha bo‘lgan narx (qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan tashqari) chegirma e’lon qilingunga qadar oxirgi 30 kundagi eng past narx bo‘lishi kerak.

Rag‘batlantiruvchi aksiyalarni o‘tkazishda ham sotuvchilarga aniq talablar qo‘yilmoqda. Birinchidan, sotuvchi aksiya e’lon qilinganda uning shartlarini, jumladan, amal qilish muddati, tovarlar nomi, miqdori va sotib olish shartlarini iste’molchilarga aniq va tushunarli tarzda yetkazishi shart. Ikkinchidan, aksiya e’lon qilingandan so‘ng uning shartlarini o‘zgartirish yoki tovar narxi haqida noto‘g‘ri ma’lumot berish taqiqlanadi.

Shuningdek, rag‘batlantiruvchi aksiya davomida taklif etilayotgan chegirma, bonus va boshqa imtiyozlar haqiqatdan amal qilinishini ta‘minlanishi shart.

Chegirma yoki aksiya ommaviy tadbir tarzida o‘tkazilsa, mavjud tartib-taomillarga rioya qilinishi, vakolatli idoralardan ruxsatnoma olinishi kerak bo‘ladi.

Rag‘batlantiruvchi aksiya — reklamadan foydalanuvchilarni muayyan harakatlarni bajarishga undaydigan tadbir, tanlov, o‘yin o‘tkazish shaklida amalga oshiriladigan, shu jumladan ularda ishtirok etish sharti reklama qilinayotgan tovarlarni olishdan iborat bo‘lgan reklama.

2025-yil iyulida Raqobat qo‘mitasi chakana savdoda aksiya va chegirmalarni huquqiy tartibga solishga doir yangi tartib loyihasini ishlab chiqib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘ygandi. Qo‘mita prezidentning 2025-yil 30-yanvardagi farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirishga oid davlat dasturida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida, chakana savdoda aksiya va chegirmalarni huquqiy jihatdan tartibga solish va davlat nazoratini ta’minlash vazifasi belgilanganini bildirgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston Xitoy fuqarolari uchun vizasiz rejim muddatini 30 kungacha uzaytirdi
/
O‘zbekiston Xitoy fuqarolari uchun vizasiz rejim muddatini 30 kungacha uzaytirdi
O‘zbekistonda oltin quymalari narxi keskin tushdi
/
O‘zbekistonda oltin quymalari narxi keskin tushdi
O‘zbekistonda birinchi AES qurilishida Italiya kompaniyasi ishtirok etadi
/
O‘zbekistonda birinchi AES qurilishida Italiya kompaniyasi ishtirok etadi