Namangan aeroportida $140 mlnlik yangi terminal qurilmoqda

Majmua yo‘lovchilar oqimini 2,5 barobarga oshirib, butun Farg‘ona vodiysi uchun yagona kargo tizimini yaratadi

Namangan aeroportida $140 mlnlik yangi terminal qurilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 16-sentabr kuni hududlar rivoji va aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Namangan viloyatiga keldi.

Namangan aeroportida $140 mln investitsiya hisobiga yangi terminallar barpo etilmoqda. 3 qavatli qilib qurilayotgan yangi terminalda yo‘lovchi tashish quvvati 2,5 karra oshadi. Chegara nazorati va viza bo‘limlari, biznes zali, savdo va ovqatlanish shoxobchalari, tibbiyot xonasi, Duty free do‘konlari zamonaviy tashkil etiladi.

Shuningdek, aeroportda kuniga 50 tonna yuk tashish va 90 ta mamlakatga eksport qilish imkonini beruvchi yuk terminali ham qurilmoqda.

Masalan, bu yil Namangan viloyatiga 1,5 mln xorijiy va 2 mlndan ortiq mahalliy sayyohlarni jalb qilish, xizmatlar eksportini $210 mingga yetkazish rejalashtirilgan.

Aeroportda maxsus servis texnikalari ham yangilanadi. Bu turli hajmdagi samolyotlarni qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatish imkonini beradi. Shuningdek, keytering, yonilg‘i quyish majmuasi va boshqa xo‘jalik binolari quriladi. Yangi terminallar kelgusi yil ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi