O‘zbekistonda ish haqida, pensiya va stipendiyalar 10% ga oshiriladi

Xususan, 1-iyuldan nafaqalar, 1-avgustdan esa ish haqi va stipendiyalar oshirilishi belgilandi

O‘zbekistonda ish haqida, pensiya va stipendiyalar 10% ga oshiriladi

O‘zbekiston prezidenti farmoniga ko‘ra, 2025-yil 1-iyuldan boshlab pensiyalar va nafaqalar hamda kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to‘lovlari miqdorlari 10% ga oshiriladi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Bunda:

  • yoshga doir eng kam pensiya miqdori — oyiga 918 ming so‘m;
  • nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori — oyiga 1 mln 012 ming so‘m bo‘ladi.

Kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasining har oylik miqdori:

  • 3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzandi uchun — 360 ming so‘m, 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzandi uchun — 275 ming so‘m;
  • (oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha — 165 ming so‘m;
  • (oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun qo‘shimcha — 110 ming so‘m;
  • kam ta’minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori — 420 ming so‘m bo‘ladi;

2025-yil 1-avgustdan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 10% ga oshiriladi.

2025 yil 1-iyuldan boshlab pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — oyiga 471 ming so‘m etib belgilanadi.

2025-yil 1-avgustdan boshlab:

  • mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 1 mln 271 ming so‘m;
  • bazaviy hisoblash miqdori — 412 ming so‘m etib belgilanadi.

Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqlari, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshirilishi bilan bog‘liq xarajatlar davlat byudjeti hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank bayram kunlari faoliyat olib boradigan bank ro‘yxatini e’lon qildi
/
Markaziy bank bayram kunlari faoliyat olib boradigan bank ro‘yxatini e’lon qildi
Rossiyaning “Medsi” kompaniyasi O‘zbekistonda klinika ochadi
/
Rossiyaning “Medsi” kompaniyasi O‘zbekistonda klinika ochadi
Avgust oyidan Mumbaydan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar qo‘yiladi
/
Avgust oyidan Mumbaydan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar qo‘yiladi